Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisob palatasining davlat byudjyeti bo‘yicha xulosalari majburiy tartibda e'lon qilinadi
Joriy yilning 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan “Davlat byudjyeti ma'lumotlarini ochiqligi va byudjyet jarayonida fuqarolarni faol ishtirokini ta'minlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan byudjyet ma'lumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, byudjyet mablag‘larining shakllanishi hamda sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi.
Jumladan, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining byudjyet sohasidagi vakolatlari doirasida Davlat byudjyetini shakllantirish va ijro etish yuzasidan taqdim etiladigan xulosalari majburiy tartibda e'lon qilinadi.
Birinchidan, Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha xulosa beriladi va unda:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi (yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari va tarmoqlar bo‘yicha tarkibi, inflyatsiya darajasi, oltin-valyuta zaxiralari, respublikadagi iste'mol hajmi, tashqi savdo aylanmasi va boshqalar) tahlil qilinib, asosiy ustuvor yo‘nalishlar, ya'ni iqtisodiyotni erkinlashtirish va faol investitsion siyosatiga muvofiqligi;
soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha soliq stavkalarining o‘zgarishi, ularni bir tomonidan Davlat byudjyetiga, ikkinchi tomonidan soliq to‘lovchilarga, fuqarolarimizga ta'siri, soliq bazasini kengaytirgan holda soliq yukini pasaytirib borish;
Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining asosiy daromad manbalari turlari, oldingi yil ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishi va yalpi ichki mahsulotga nisbati;
Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlarining tarkibi, ularning asosli shakllantirilganligi va aniq maqsadga yo‘naltirilishi, ijtimoiy sohalar, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlari doirasida (sog‘liqni saqlash, oliy ta'lim, xalq ta'limi, maktabgacha bo‘lgan ta'lim, bolalar sporti, madaniyat, kommunal soha, yo‘l va transport, suv xo‘jaligi sohalaridagi loyihalar, “Obod qishloq” va “Obod mahalla”, aholini arzon uy-joy bilan ta'minlash dasturlari) zarur bo‘lgan xarajatlarni moliyaviy manbalar ta'minlanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari hamda tashriflari davomida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari parametrlarida yetarli mablag‘larning ko‘zda tutilganligi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonida davlat qarzi, davlat byudjyeti taqchilligi tahlil qilib chiqilib, fikr mulohazalari bayon qilinadi.
Ikkinchidan, Davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot yuzasidan har yili 10 mayga qadar tashqi audit va baholash natijalari bo‘yicha Hisob palatasining xulosasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Mazkur xulosada prezident qarori bilan tasdiqlangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, respublika va mahalliy byudjyetlar hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari va xarajatlarini haqiqatdagi ijrosi, ularni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilinganligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari aks ettiriladi.
Prezidentning mazkur qaroriga asosan Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar alohida “Ochiq byudjyet” axborot portalini ishga tushiradi.
Ushbu portalga byudjyet xarajatlarining manzilliligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida, Davlat byudjyeti hamda soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, shuningdek Davlat byudjyeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, ular yuzasidan Hisob palatasining xulosalari joylashtiriladi.
Fuqarolar uchun mazkur portal orqali byudjyet qonunchiligini buzish holatlari to‘g‘risida xabardor qilish hamda byudjyet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish imkoniyati yaratiladi.
Endilikda Hisob palatasining xulosalarini tayyorlashda yana bitta yo‘nalish, ya'ni “Ochiq byudjyet” axborot portali orqali fuqarolardan kelib tushgan asosli taklif va mulohazalarni Davlat byudjyetini shakllantirish va ijro etishda inobatga olinganligiga alohida e'tibor qaratiladi.
Bu xulosalar fuqarolarga nima beradi? - Fuqarolik jamiyatida aholi o‘zi to‘layotgan soliqlari va ular qanday maqsadlarga sarflanayotganligini, davlat xarajatlarini shakllanishi va ularni taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlardan to‘liq xabardor bo‘ladi.
Byudjyet loyihasi va uning ijrosi yuzasidan xulosalarni keng ommaga e'lon qilinishi, har bir fuqaro uchun mol-mulk yoki ish haqidan nima uchun soliq olinayotganligi, davlat xarajatlarini qay tarzda taqsimlanayotganligi, davlat tomonidan aholi uchun kerakli sharoitlarni yaratish bo‘yicha majburiyatlarini bajarilishi to‘g‘risida ochiq-oydin axborotlar olish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, aholi byudjyetni rejalashtirish, uning xarajatlariga yo‘naltirish va davlat byudjyeti loyihasini muhokama qilishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xalqaro tajribada rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning byudjyet jarayonlari bo‘yicha nazoratni amalga oshirilishida oliy audit organlari tomonidan jamoatchilik nazoratidan keng foydalanish amaliyoti qo‘llaniladi.
Prezidentning mazkur qaroriga muvofiq, xalqaro amaliyotdagi ilg‘or tajribalardan kelib chiqib, Davlat byudjyetini shakllantirish va ijrosi yuzasidan Hisob palatasining xulosalari tayyorlanishida, fuqarolarimiz bildiradigan takliflar, fikr va mulohazalardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Xususan, 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjyeti parametrlari loyihasi tayyorlanishida asosiy e'tibor:
eng avvalo mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratilganligiga;
soliq va byudjyet siyosati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan asosiy yo‘nalishlari muvofiqligiga;
Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlarini asosli shakllantirilganligi va aniq maqsadga yo‘naltirilganligi, ijtimoiy sohalarni moliyaviy manbalar bilan ta'minlanganligi, bunda prezident qaror va Farmonlari hamda hududlarga tashriflarida belgilangan vazifalar o‘z aksini topganligiga qaratiladi.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025