Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zolotov va Navalniy mojarosi fonida Rossiyada duelni rasmiylashtirishni istashmoqda
Rossiya davlat dumasi deputati, LDPR a'zosi Sergey Ivanov parlamentning quyi palatasiga «Duelnyy kodeks Rossiyskoy Federatsii» nomli qonun loyihasini kiritdi. Qonun loyihasi 5 qism va 81 moddadan iborat.
Bu hujjat deyarli 1912 yili Vasiliy Durasov tomonidan yozilgan shu nomdagi kodeksdan ko‘chirma qilingan.
Hujjatda qayd etilishicha, davlat xizmatchilari oddiy fuqarodan duel bo‘yicha chaqiruv olgan taqdirda, uni rad etishi va unga sudga murojaat qilish imkoniyatini taqdim etishi kerak bo‘ladi. Xuddi shu tartibda, fuqaro tomonidan haqoratlangan amaldor sudga murojaat qilishi zarurligi ko‘rsatilgan.
Rossiya Federatsiyasi duel kodeksidan ayrim punktlar:
- duel faqat teng holda o‘tkazilishi mumkin;
- bir-birini haqoratlashga faqat teng darajadagi odamlar haqli;
- quyi tabaqa vakili bo‘lgan shaxs yuqori tabaqa vakilining huquqini buzishi mumkin, ammo uni haqoratlashga haqli emas;
- Haqorat - bu shaxsning hurmat-izzati, qadr-qimmati va sharafiga qasd qilishdir. Bu yozma yoki og‘zaki ravishda bo‘lishi mumkin;
- Ayol kishiga qilingan haqorat unga emas, uning himoyachisiga qarshi qaratilgan hisoblanadi va aynan u haqoratga uchragan shaxs sifatida dilozorni duelga chaqirishi mumkin bo‘ladi.
Bu kodeksni oktabr oyidan joriy etish taklif qilingan.
11 sentabr kuni Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi rahbari Aleksey Navalniyning tashkilotni korrupsiyada aybloviga javoban murojaat yo‘llab, uni duelga chorladi. U o‘z murojaatida muxolif siyosatchiga uni duel vaqtida «sersuv kotletga aylantirish»ga va'da qilgan.
2016 yil martida Ivanov Dumaga OAVni xato prognozlar uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasini kiritgandi. 2013 yil 1 aprelida u chesnokni taqiqlash bo‘yicha taklif kiritgan.
Mavzuga oid
16:02 / 23.08.2023
Tank ustidagi odamlar. 1991 yilda Oq uyda Yelsinning yonida bo‘lganlarning keyingi taqdiri qanday kechdi?
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022