Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari Tatyana Akbarovna bilan uchrashdi
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasiga ekskursiya uyushtirdi. Unda O‘zbekiston Birinchi Prezidentining rafiqasi Tatyana Akbarovna ham ishtirok etdi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan tadbir barqarorlik va taraqqiyotning kafolati – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asoschisi Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlandi. Tatyana Akbarovnaga bilim yurti kursanti tomonidan yaratilgan Birinchi Prezidentning portreti, Islom Karimov bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgan yana bir kursantning she'riy to‘plami va boshqa turdagi esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Uchrashuv davomida Tatyana Karimova bilim yurti qo‘mondonligi va kursantlarga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini o‘zida aks ettirgan kitob va kataloglar hamda esdalik ko‘krak nishonlarini topshirdi.
Tadbir doirasida bilim yurti muzeyi mudirasi Shohista Artikova Islom Karimov nomli esdalik medali bilan taqdirlandi.
Kursantlar tomonidan tayyorlangan she'r, kuy va qo‘shiqlar uchrashuvning mazmunli o‘tishini ta'minladi. Tadbir so‘ngida kursantlar majmua tarkibidan o‘rin olgan ko‘rgazmalar zalida namoyishga qo‘yilgan rassom va haykaltaroshlarning san'at asarlari bilan tanishdilar.
Mavzuga oid
13:02 / 02.06.2026
Prezident maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
13:00 / 02.06.2026
Chirchiqda zamonaviy polimer materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
12:58 / 02.06.2026
Prezident zamonaviy qadoqlash materiallari ishlab chiqarish korxonasini ko‘zdan kechirdi
17:54 / 29.05.2026