O‘zbekiston | 11:36 / 13.09.2018
4876
1 daqiqa o‘qiladi

Shuhrat Sodiqov Nokia Networks vitse-prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: mitc.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Nokia Networks kompaniyasining vitse-prezidenti, Markaziy va Sharqiy Yevropa, hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha rahbari Mikko Lavanti bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, Nokia Networks kompaniyasining ishtirokida zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini joriy qilish uchun infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Bugungi kunda Nokia Networks kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlari uchun to‘liq yechimlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchilardan hisoblanadi.

Mavzuga oid