O‘zbekiston | 11:26 / 13.09.2018
7760
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qator tovarlar uchun ekologik yig‘im joriy etishi mumkin 

Foto: uzspb.uz

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2019 yil 1 yanvardan boshlab iste'mol xususiyatlari yo‘qolganidan keyin atrof-muhitga zarar yetkazadigan ishlab chiqariluvchi va import qilinuvchi tovarlar guruhi uchun ekologik yig‘imlar joriy etish taklif qilingan loyihani e'lon qildi.

Bu ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning odamlarning sog‘lig‘iga zararli ta'siri oldini olish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mishni rag‘batlantirish uchun amalga oshirilmoqda.

Ro‘yxatga moylash moylari, shinalar va pokrishkalar, rezina kameralar, butilkalar hamda bankalar, batareykalar, lampochkalar hamda boshqalar kiritilgan. Jami sakkizta tovarlar guruhi.

TIF TN kodiga qarab bir tonna uchun EKIHning 1,4 dan 12,6 barobarigacha yig‘im nazarda tutilgan. Masalan, rezina kameralar uchun - tonna uchun EKIHning 1,75 barobari, gaz razryadli lampalar uchun - EKIHning 12,6 barobari.

Yig‘imdan tushgan mablag‘larni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha jamg‘armaga o‘tkazish rejalashtirilgan. U yerdan esa ular atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid