2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.
Unga köra, ayrim mahsulotlarni işlab çiqariş va realizatsiya qiliş uçun kompensatsiya tölov (yiğim)ini joriy etiş böyiça takliflar tayyorlanadi.
Bunda uglerod izi yuqori bölgan sanoat mahsulotlari (sement, kömir, siqilgan gaz va boşqalar) uçun “Karbon yiğimi” tizimini joriy etiş va ulardan kelib tuşadigan mablağlarni hududlarda ekologiya muammolarini hal etişga yönaltiriş masalalari böyiça takliflar tayyorlaş nazarda tutiladi.
Investorlarni jalb qilgan holda yirik korxonalar tomonidan import örnini bosuvçi sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilmoqda.
Import qilinayotgan sanoat mahsulotlarini tahlil qiliş, mahalliylaştiriş va import örnini bosuvçi mahsulotlarni işlab çiqariş közda tutilgan.
Bunda:
- import hajmi yuqori bölgan sanoat mahsulotlarini tahlil qiliş va ularni mahalliylaştiriş böyiça çora tadbirlarni belgilaş;
- import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş böyiça investitsiya loyihalari böyiça takliflarni işlab çiqiş hamda investorlarni jalb qiliş çoralarini köriş;
- sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantiriş maqsadida yirik korxonalar tomonidan import örnini bosuvçi sanoat mahsulotlarni işlab çiqarişni yölga qöyiş möljallangan.

















