Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tashabbus-2018»: Samarqand shahrining eng yaxshi tadbirkor va hunarmandlari aniqlandi
Samarqandda Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan «Tashabbus-2018» ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Shahar hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, tanlovda 70 ga yaqin tadbirkor hamda hunarmandlar o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etdi.
Tanlov hakamlar hay'ati ishtirokchilarning faoliyati, ularning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish salohiyati, iqtisodiy holatini belgilangan me'yorlar asosida baholashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, «Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori» yo‘nalishi bo‘yicha «Sam Ferre» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Akmal Ahmedov, «Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori» yo‘nalishi bo‘yicha «DiliMah» Rremium luxury» mas'uliyati cheklangan jamiyati raisi Musinbek Mahmudov, «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» yo‘nalishi bo‘yicha «Registon Kamoljon» xususiy korxonasi rahbari Kamol Alikov, «Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo‘nalishi bo‘yicha yog‘och o‘ymakori Mansur Asadovlar g‘olib deb topildi.


Shuningdek, o‘nga yaqin rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha ham sovrindorlar aniqlandi. Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mavzuga oid
04:22 / 29.06.2020
Raqibni mensimagan «Dinamo» va Ibrohimning revanshi. Samarqanddagi dramatik o‘yin haqida
16:26 / 02.12.2019
«Al Maktoum» fondi «Dinamo»ning titul homiysiga aylanishi mumkin
09:23 / 26.09.2019
Tachmurod Agamurodov - «Dinamo» bosh murabbiyi
10:57 / 25.09.2019