09:23 / 26.09.2019
1
8672

Tachmurod Agamurodov - «Dinamo» bosh murabbiyi

Samarqandning «Dinamo» klubi yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi. O‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan Davron Fayziyev o‘rniga turkmanistonlik Tachmurod Agamurodov samarqandliklar bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Tachmurod Agamurodov bungacha ikki marta «Dinamo»da ishlagan. 2007 hamda 2014 yilda Agamurodov «Dinamo»ni boshqargan. Aynan uning qo‘l ostida «Dinamo» 2007 yilgi mavsumda 5-o‘rinni egallagan va bu klubning oxirgi yillardagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

«Dinamo» Agamurodovning oldiga klubni ligada olib qolish vazifasini qo‘ygan. Faqat shu shart bajarilgan taqdirdagina Agamurodov bilan shartnoma uzaytiriladi. Bu haqda Agamurodovga Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashuv vaqtida aytilgan.

«Paxtakor» bilan o‘zbek klublari orasida ilk marta Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida o‘ynagan Agamurodovning O‘zbekistondagi oxirgi jamoasi «Buxoro» hisoblanadi. Buxoroda bilan yaxshi natija qayd etgan Agamurodov klub qiyin moliyaviy holatga tushib qolgani uchun iste'foga chiqarilgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top