Samarqandda Özbekiston Kubogi ikkinçi saralaş bosqiçi doirasida «Dinamo» hamda «Oqtepa» jamoalari örtasidagi öyin bölib ötdi. Karantin sabab töxtatilgan özbek futboli tiklangaç, aksar öyinlar juda zerikarli ötayotgandi. Hatto Superliga öyinlari ham. Ammo Samarqanddagi kubok öyini juda quvnoq va yuqori temp bilan ötdi.

Öyin oldidan köpçilik «Dinamo»ning ğalabasini kutgandi, çunki samarqandliklar birinçi bosqiçda «Istiqlol»ni mağlub etgan va işonçli harakat qilgandi. Bundan taşqari, «Dinamo» ötgan mavsumni yuqori divizionda ötkazgan va tabiiyki favorit edi. Biroq yaxşi futbolçilarni yiğib olgan «Oqtepa» ajoyib öyin körsatib, keyingi bosqiçga yöl oldi.
Öyin qahramoni «Oqtepa»ning nigeriyalik futbolçisi Ibrohim Tomiva böldi. U het-trik qayd etib, jamoasining ğalabasini ta'minladi. 22 yoşli bu futbolçi Portugaliyaning «Feyrense» klubidan ketib Özbekistonga kelgan. Ilk marta Samarqandda «Dinamo» safida körikdan ötolmagaç, «Oqtepa»ga yöl olgan. Tomiva bu öyinda qaysidir ma'noda «Dinamo»dan revanş oldi desak böladi.
«Dinamo»ga uçta gol urgan hujumçi kubokning birinçi saralaş bosqiçida ham «Zomin»ga gol urgandi. Uning tezligi va texnikasi Pro-Liga darajasi uçun juda yaxşi deyiş mumkin. Superligada ham bunaqa texnikali futbolçilar köp emas.

Öyinning birinçi bölimida «Oqtepa» yaqqol yetakçilik qilib ğalabani deyarli ta'minlab qöygandek köringandi. Biroq ikkinçi bölimda «Dinamo» vabankka borib, uçta gol urişni uddaladi. «Oqtepa» urgan törtinçi gol esa amalda ğalaba goli böldi. «Dinamo» gollarining barçasini öyinning oxirgi 15 daqiqasida urdi.
Samarqandlik futbolçilar urgan ikkita gol «Oqtepa» himoyaçilarining palapartiş harakati ortidan sodir böldi. Uçinçi gol esa juda çiroyli çiqdi. Şoxruh Abdurahmonov jarima zarbasini töpni «jonli devor»dan aylantirib golga aylantirdi. Uning goli yaqinda «Selta» futbolçisi Yago Aspasning «Barselona» darvoziga urgan goliga öxşadi.

Öyindan keyin «Dinamo»ning yangi murabbiyi Ravşan Ahmedov jamoasi raqibni mensimaganini tan oldi. «Oqtepa» murabbiyi Aleksandr Yejov esa jamoasi mayda töp uzatişlarga asoslangan öyin uslubi orqali ğalabaga erişganini aytdi: «Ha, biz aynan şunday öyin uslubini taşkil etişni xohlayapmiz. Klub direktori Alişer Şoğulomov ham şunday uslub tarafdori», dedi murabbiy öyindan keyin.
Tribuna.uz muxbiri öyinni Samarqanddagi «Dinamo» stadionida kuzatdi. Quyida öyindan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola etamiz.

























Ötkir Jalolxonov tayyorladi











