Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cirque du Soleil asoschisi koinotga parvoz qilgani uchun 20 mln dollar soliq to‘lashga hukm qilindi
Foto: AP/Mikhail Metzel
Kanada soliq sudi Cirque du Soleil sirki asoschisi Gi Laliberteni 2009 yilda Xalqaro kosmik stansiyaga parvoz qilgani uchun 20 mln dollardan ortiq soliq to‘lashga hukm qildi. Bu haqda CTV telekanali xabar berdi.
Xabar qilinishicha, dunyoga mashhur sirk asoschisining 41,8 mln dollarga tushgan parvozi uchun xarajatlar Laliberte xayriya missiyasini amalga oshirgani bois sirk tomonidan to‘langan. U Cirque du Soleil’ni reklama qilgani va XKSda bo‘lgan vaqt davomida kompaniyaning Rossiya bozoriga kirishiga harakat qilgani uchun soliq imtiyozlari berilishini talab qilgan.
Ammo Kanada sudi Lalibertening bu talabini inobatga olmadi va parvozni "ishchi tashrif ko‘rinishidagi shaxsiy sayohat" deb topdi. CTV telekanalining bildirishicha, sud xarajatlarning atigi 10%ini sirkning reklama kampaniyasi va xayriya faoliyatiga aloqador deb topgan.
Laliberte 2009 yilda XKSga 12 kunlik missiya bilan parvoz qilgan birinchi kanadalik sayyoh hisoblanadi.
Mavzuga oid
01:18 / 22.12.2025
Nogironligi bor ayol koinotga parvoz qildi
21:48 / 06.10.2025
Xitoy zondi Yer fonida 43 mln km masofadan selfi oldi
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
16:10 / 27.03.2025