Oyoqlari falaj bölgan germaniyalik ayol Blue Origin raketasida beş nafar yölovçi bilan koinotga 10 daqiqalik parvozni amalga oşirdi.
«Bu eng zör tajriba böldi!» — dedi Mixaela Bentxaus parvozdan söng.
U yetti yil avval toğ velosipedida halokatga uçraşi oqibatida umurtqasidan jarohatlangandi, lekin bu uning koinotga parvoz qiliş haqidagi orzusi amalga oşişiga tösqinlik qilmadi.
«Menga nafaqat manzara va mikrogravitatsiya, balki parvoz jarayonining özi ham yoqdi. Parvozning har bir bosqiçi ajoyib böldi», — dedi u.
Bentxausning sözlariga köra, u velohalokatdan söng imkoniyati çeklangan insonlar uçun «dunyo qançalar qöl yetmas bölib qolişini anglab yetgan».
Mixaela Bentxaus Yevropa kosmik agentligida aerokosmik va mexatron tizimlar böyiça muhandis bölib işlaydi.











