Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya kompaniyasi Toshkent hokimiyati bilan pullik avtoturargohlar qurish bo‘yicha memorandum imzoladi
Bugun, 15 sentabr kuni Toshkent shahridagi yo‘llar chetida avtomatlashgan pullik avtoturargohlar barpo etish bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi va Turkiyaning «Senkron teknolojı A.S» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, Turkiya kompaniyasi O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda loyihaning biznes rejasi, moliyaviy modeli, jihozlar yetkazib berish bo‘yicha va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.
O‘zbekiston tomoni yo‘l bo‘ylarida avtomatlashgan pullik avtoturargohlar qurish uchun hududlar ajratilishini kafolatlaydi.

Xabarda aytilishicha, loyiha qiymati 6 mln dollarga yaqin miqdorni tashkil etadi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026