Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya, Rossiya, Germaniya va Fransiya Idlib muammosini hal qilish yo‘llarini muhokama qilishdi
Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev
Turkiya, Rossiya, Germaniya va Fransiya Istanbulda Suriya bo‘yicha uchrashuvda Idlib muammosi yechimi harbiy emas, siyosiy bo‘lishi kerakligiga, harbiy amaliyot og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi umumiy fikrga kelishdi. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin ma'lum qildi.
“Idlibga hujum qilinishi og‘ir oqibatlar va qochqinlarning ko‘payishiga sabab bo‘lishi borasida umumiy fikrga kelindi. Bizda bugun bu xavflarni baholab, falokatning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rishimiz mumkinligini muhokama qilish uchun imkoniyat bor. Umumiy pozitsiya yechim harbiy emas, siyosiy bo‘lishi kerakligidan iborat”, deb ma'lum qilgan Qalin jurnalistlarga.
Qalinning aytishicha, qochqinlar oqimi yuzaga kelsa, bu yuk nafaqat Turkiya gardaniga tushadi. “Bu holat Yevropada ham inqiroz keltirib chiqarishi mumkin”, deb aytgan Qalin.
“Maqsadimiz – Idlibni janglardan xoli hudud sifatidagi maqomini himoya qilib, gumanitar falokatga yo‘l qo‘ymaslikdir”, deb qo‘shimcha qilgan Qalin.
Hozirda Idlib viloyati hududi Suriya hukumat qo‘shinlari tomonidan deyarli nazorat qilinmayapti. U yerda qurollangan muxolifat hamda bir qator guruhlar jangarilari bor bo‘lib, ular vaqti-vaqti bilan Suriya qo‘shinlariga hujumlar amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026