Jamiyat | 18:37 / 17.09.2018
7607
2 daqiqa o‘qiladi

Bositxon jajji yuragida operatsiya o‘tkazdi, barchasi yaxshi yakun topdi

Barcha amallar niyatga bog‘liq. Inson doim yaxshilikka ishonib yashash kerak, ana shunda umr yo‘lidagi qorong‘i kunlar yorug‘iga almashadi. Buni hayotiy voqealar ham tasdiqlab turibdi.

Joriy yilning 8 may kuni KUN.UZ saytida 1 yoshdan oshgan, ammo yurak porogiga chalingan Bositxon haqida maqola e'lon qilingan va xayriya aksiyasi uyushtirilgan edi.

Bolajon jajji yuragida operatsiya o‘tkazishi uchun Hindistonga borishi, buning uchun esa zarur mablag‘ talab etilar edi. Yaxshi niyatda o‘tkazilgan xayriya aksiyasi o‘z natijasini berdi – Bositxonning operatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

- Hech qachon yaxshi niyatdan to‘xtamaslik kerak ekan. O‘g‘lim bugun yaxshi, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Boshimizdan juda tashvishli kunlar o‘tdi. Bugun u kunlar ortda qoldi. Bu savobli ishga bosh qo‘shgan barcha-barchadan minnatdorman, ular haqida doim duodaman, - deydi ko‘zida quvonch ko‘z yoshlari bilan Bositxonning onasi.

Ha, dunyoda yaxshilik yashaydi. Insonlar bir-birlariga saxovat qo‘llarini tutib, og‘ir kunlarda yelkadosh bo‘lishsa, bir-birlarini qalban tinglashsa, bu dunyoda dard ham, tashvish ham, xastalik ham bo‘lmaydi. Buni Bositxonning hayoti misolida ham ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid