Jamiyat | 23:11 / 17.09.2018
4892
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zMU qoshidagi davlat granti asosida tayyorlaydigan o‘quv kursga tinglovchilar qabul qilinadi

Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetiga kirish sinovida maqsadli ishtirok etishga tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Milliy Universitetida davlat granti asosidagi o‘quv kurslari tashkil etiladi. 

O‘quv kurslariga fizika va matematika fanlaridan yuqori bilimga ega bo‘lgan 100 nafar yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov rus tilida o‘tkaziladi. 

Tanlovda abituriyentlar, maktab va litsey-kollej bitiruvchilari qatnashishi mumkin. Undan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar yotoqxona bilan ta'minlanadi. 

O‘quv kurslari shu yilning 2 oktabridan boshlanib 10 oy davom etadi hamda fizika, matematika va rus tili fanlaridan olib boriladi. 

Hujjatlar shu yilning 25 sentabrigacha qabul qilinadi. Nomzodlar O‘zbkiston milliy universitetida tashkil etilgan qabul komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Ma'lumot uchun, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filiali ish boshlaydi.

Mavzuga oid