10 oktabr kuni Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudida Özbekiston Milliy universitetidan yöqolgan nodir kitoblarga doir sud işi körib çiqilib, hukm öqildi.

Ma’lum qilinişiça, muzokaralar çoğida prokuror suddan sudlanuvçini 6 yil-u, 2 oy muddatga ozodlik mahrum qilib, 2,6 milliard söm yetkazilgan zararni undirişni söragan. Sudlanuvçi, ÖzMU Axborot resurs markazi direktori I.K. tergovda unga qöyilgan ayblovlar öz isbotini topmaganini va kitoblarni u öğirlamaganini ta’kidlagan.

2 soatdan oşiq davom etgan muzokaralardan söng sud hukmi öqildi. Unga köra, sudlanuvçiga uzil-kesil 2 yil mansabdorlik va moddiy-javobgarlik beruvçi lavozimlarda işlaşni taqiqlaş hamda 5 yil-u 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Sudlanuvçi I.K., uning yaqinlari va advokati hukmdan norozi ekanini hamda apellyatsiya şikoyatini berişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, 2019 yildagi ta’mirlaş işlaridan söng Özbekiston Milliy universitetining nodir qölyozmalar saqlanadigan muzeyi faoliyati tiklanmagan. 2021 yil 23 dekabr kuni Kun.uz u yerdagi qimmatbaho va öta nodir hisoblangan 100dan ortiq kitoblar sotib yuborilgan bölişi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Xabardan bir kun ötib, holatni Boş prokuratura örgana boşladi. Dastlab vaziyatga izoh berişdan qoçib yurgan ÖzMU rektorati OAVlarga boşqa kitoblarni körsatib, ular yöqolmaganiga işontirmoqçi böldi.

2022 yil 21 fevral kuni prokuratura organlari örganiş işlarini yakunladi. Tekşiriş davomida ÖzMU Axborot-resurs markazi fondida saqlangan XII-XIX asrlarga oid qiymati 2,6 mlrd sömlik tarixiy va badiiy ahamiyatga ega 56 dona qölyozma va 6 dona toşbosma asarlar talon-toroj qilingani va boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlari aniqlandi va mansabdorlarga nisbatan