“Özbekiston–2030” strategiyasida mamlakatni 2030 yilgaça daromadi örtaçadan yuqori davlatlar qatoriga olib kiriş maqsadi qöyilgan. Bu maqsad yölidagi sa’y-harakatlar Milliy universitetda bölib ötgan xalqaro iqtisodiy ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama qilindi.
24 aprel kuni Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida “Özbekiston–2030” strategiyasi doirasida “Barqaror iqtisodiy rivojlaniş va strategiyaning ustuvor yönalişlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Anjuman doirasida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantiriş, yaşil investitsiyalar, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, aholi turmuş darajasini oşiriş kabi masalalar muhokama qilindi. Tadbirda Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Slovakiya, Malayziya va boşqa davlatlardan nufuzli olimlar va tadqiqotçilar qatnaşdi.
“Bugun 10 dan ziyod mamlakatlardan vakillar va mutaxassislar qatnaşişdi. “Özbekiston – 2030” strategiyasida muhim bir element bor. Respublika iqtisodiyoti dunyoning 50 ta iqtisodiyoti rivojlangan davlatlari tizimiga kirişi maqsad qilib qöyilgan. Bu maqsadga erişişda nazariy bilimlarni tahlil qiliş, amaliy natijalarni tahlillaş orqali yangi çora-tadbirlarni şakllantiriş kerak. Bu anjuman biz uçun şu tahlillarni, takliflarni mulohaza qilib, fikr almaşişda, tahliliy fikrlarni şakllantirişda yordam beradi”, – deydi ÖzMU Iqtisodiyot fakulteti ilmiy va taşqi aloqalar böyiça dekan örinbosari Diyor Karimov.
Konferensiyaning asosiy mavzularidan biri – “yaşil iqtisodiyot” böldi. Mutaxassislar iqtisodiy ösişni ekologik barqarorlik va yaşil investitsiyalar orqali ta’minlaş böyiça fikr almaşdi.
Şuningdek, anjumanda:
- milliy iqtisodiyotni modellaştiriş va prognozlaştiriş usullari;
- yaşil iqtisodiy ösişni ta’minlovçi omillar;
- aholi turmuş sifati böyiça indikatorlar;
- global iqtisodiy tahdidlar va ularga qarşi innovatsion yondaşuvlar;
- raqamlaştiriş va innovatsion rivojlaniş modellari kabi masalalar körib çiqildi.
Özbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev sirkulyar iqtisodiyot haqida gapirarkan, şunday deydi:
“Barqaror iqtisodiy ösişga erişiş aholining turmuş darajasi bilan boğliq masala hisoblanadi. Hozirgi çiziqli iqtisodiyot barça yuklarni kötara olmaydi. Şuning uçun uni rivojlantiradigan yondoş, muqobil modellar bu iqtisodiyotga yangi impuls beradi. Ana şulardan biri bu – yaşil iqtisodiyot.











