Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMKda tekshiruv: konsertlardan ziyon ko‘rgan stadion maysasi, qarzdorlikning yo‘qligi va bekam-u ko‘st futzal majmuasi
PFL ishchi guruhi 15 sentabr kuni OTMK klubida bo‘ldi. Liga rasmiy saytining yozishicha, jamoaning Superliga doirasidagi “Neftchi”ga qarshi o‘yini oldidan 2019 yilgi mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilgan.
O‘rnak bo‘lishga arzigulik futzal majmuasi
Ma'lum bo‘lishicha, OTMK klubiga tegishli futzal majmuasi PFL talablariga to‘la javob beradi. Jamoa futzalchilari klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilishdan tashqari, ayni vaqtda ham ichki chempionatda karvonboshi bo‘lib turibdi.
OTMK stadioni qoshida barpo etilgan futzal majmuasi qolgan jamoalar uchun na'muna bo‘lishi kerak. Bu yerda futzalchilar, murabbiylar, muxlislar hamda televideniye translyatsiyasi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.
Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumdan boshlab futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Bunda OTMK zali uchrashuvlarni o‘tkazish uchun asosiy maydonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Qarzdorlik masalasi yo‘q
Ta'kidlanishicha, PFL endilikda Superliga va Pro-liga klublarining qarzdorlik masalasiga jiddiy e'tibor qaratadi.
OTMK 2018 yilning o‘zidayoq 17 kishi bilan xayrlashgan. Ularning barchasi klub bilan hisob-kitobini qilib olgan. Shuningdek, jamoada qolib ketgan pullari borasida xo‘jalik sudlariga murojaat qilganlar ham bo‘lgan. Ammo, xabar qilinganidek, nodavlat-notijorat tashkiloti maqomi jihatdan yuqori organ hisoblanuvchi sudlar qaroriga aralashmaydi
Yuqoridagi 17 kishi bilan bunday muammo kuzatilmagan.

Stadion maydoni qoniqarli
OTMK stadioni maysasi yaxshi holatda. Aprel-may oylarida maydon juda zo‘r holatda bo‘lgan va unga futbolchilarning o‘zlari ham yuqori baho bergan.
Ayrim konsert marosimlaridan keyin stadion maysasi bir qadar "toliqqan". Ammo uning ravonligida o‘zgarish yo‘q, to‘p bemalol yumalashi, futbolchilar jarohat olmasliklari uchun choralar ko‘rilgan.

Stadion o‘rindiqlari yaxshi holatda. CIP sektorlar uchun yumshoq o‘rindiqlar buyurtma berilgan bo‘lib, ular mavsum yakuniga qadar Olmaliq shahriga yetib kelishi va o‘rnatilishi rejalashtirilgan. PFL talabidan keyin media-tribuna masalasida ham ijobiy o‘zgarishlar bor.

Reklama bannerlari konsertlar sabab o‘z joyida emas
OTMK klubi rahbariyati maydon atrofidagi reklama bannerlari uzoq masofada turgani bo‘yicha ogohlantirish oldi. Buni klub vakillari konsert bilan izohlamoqchi bo‘ldi. Biroq bir oyda bo‘lib o‘tadigan taxminan 3 ta futbol uchrashuvi PFL talabi asosida tashkil etilishi shart.
PFLning ham o‘z homiylari bilan shartnomalari bor bo‘lib, ular so‘zsiz ado etilishi kerak. Bu boradagi qoidalardan klub vakillari xabardor. Shuning uchun ham tijorat masalalari bo‘yicha mas'ul masalasi dolzarb.
TV uchun qo‘shimcha sharoitlar kerak
Teletranslyatsiya masalasida TV xodimlari uchun noqulayliklar mavjud. Offsayd uchun ishlaydigan kameralarga machta kerak. Ular quyosh va yomg‘irdan himoyalanishi uchun soyabonlar ham zarur. Markaz uchun ishlaydigan kameralarga esa oynavand arka halal beradi. Bir necha oylardan buyon bu masala klub tomonidan ijobiy hal qilib berilmagan.
Yangi mavsumda klub yuqoridagi kabi topshiriqlarni bajarishi shart qilib belgilandi. PFL komissiyasi klub stadionini tekshiruvdan o‘tkazayotganda bularning hammasi qabul qilib olinadi.


Mavzuga oid
09:30
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
22:37 / 22.04.2026
27 million mashmashasi: o‘zbek klublari budjetdan pul ola boshladi
21:37 / 10.04.2026
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi
15:12 / 28.03.2026