Adliya vazirligi yoqilği-energetika sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekşiruvlar ötkaziş böyiça «Xavfni tahlil etiş» elektron tizimini joriy etiş töğrisidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi.

Hujjatga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunçilik buzilişi xavfi avtomatlaştirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari hamda boşqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Şuningdek, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qöşimça hujjat yoki ma’lumotlar talab qilinişiga yöl qöyilmaydi.

Xavf darajasini baholaş elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, neft va neft mahsulotlari, tabiiy hamda suyultirilgan gaz, şuningdek, energiya auditi sohalari uçun belgilangan alohida mezonlar asosida amalga oşiriladi.

Natijalarga köra, tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfi yuqori, örta va past toifalarga ajratiladi. Yuqori va örta xavf toifasiga kiruvçi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekşiruvlar qonunçilik asosida ötkaziladi.

Past xavf toifasiga kiruvçi tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekşiruvlar ötkazilmaydi.

Ayni paytda, elektron tizim tomonidan aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan töğridan töğri ta’sir çoralarini qöllaş uçun asos hisoblanmaydi.