Jahon | 21:37 / 18.09.2018
8531
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga Makka va Madinadan boshqa yerlarga ham borishga ilk bor ruxsat berildi 

Foto: AP/ Mosa'ab Elshamy

Saudiya Arabistonida umra amalini bajarayotgan ziyoratchilarga mamlakatning Makka va Madina shaharlaridan boshqa yerlariga ham borishga ilk bor ruxsat berildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining haj bo‘yicha vaziri Abdulaziz Vazan ma'lum qilgan.

“Joriy yilda umrani amalga oshirish dasturida sezilarli o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan. Xorijlik ziyoratchilar umrani amalga oshirishga berilgan viza bo‘yicha 30 kun davomida qirollikdagi istalgan shaharga, sayyohlik joyiga tashrif buyura oladilar, biroq ular belgilangan muddatdan 15 kuni Makkada bo‘lishlari kerak”, deb aytgan Vazan.  

Uning aytishicha, o‘tgan hafta Saudiya Arabistoniga umra amalini bajarish uchun turli davlatlardan mingdan ko‘proq ziyoratchi kelgan. 4 kun ichida esa umra amalini bajarmoqchi bo‘lganlar uchun 25 ming viza berilgan.

Ta'kidlanishicha, 2017 yilda 7 mln kishi umrani amalga oshirgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid