Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Markaziy Osiyo savdo forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekistonda xalqaro miqyosdagi sakkizinchi har yillik Markaziy Osiyo savdo forumi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan tashkil etilayotgan tadbir Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da 2018 yilning 17-18 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQShning Tojikistondagi elchixonasi saytida xabar berildi.
Markaziy Osiyo savdo forumi biznes hamjamiyatlar uchun 70 milliondan ortiq potensial mijozlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan bozorlarida yangi imkoniyatlar bilan tanishish uchun noyob platforma hisoblanadi. Olmaota shahrida o‘tgan yilgi forumda 18 davlatdan kelgan 1100dan ziyod ishtirokchilar qatnashdi.
Osiyo, AQSh, Yevropa va Yaqin Sharqdan bo‘lgan tadbirkorlar, mansabdor shaxslar va ekspertlar tadbirdan o‘zaro g‘oyalar almashish, bitimlar imzolash va kelajakdagi hamkorlik uchun yangi sheriklik munosabatlarini o‘rnatish maqsadida foydalanishadi.
«Bu yil forum mavzusi - «Savdo va investitsiyalarni rivojlantirishda yangi ufqlar» mintaqaviy va xalqaro savdo uchun Markaziy Osiyo, ayniqsa O‘zbekistonning ortib borayotgan ochiqligini aks ettiradi. Mamlakatda valyuta liberalizatsiyasi, biznes sohasida islohotlar amalga oshirildi, ular iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish qaratilgan. Forum bilan birga, meva va sabzavot ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, transport, turizm, axborot texnologiyalari, asbob-uskunalar bo‘yicha turli kompaniyalar ishtirok etadigan savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:00
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
16:55
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
17:53 / 08.06.2026