11:00 / 18.09.2018
18317
Reklama

Ukrainaning nufuzli universitetlaridan birida ta'lim olishga shoshiling!

Foto: Inside A

Toshkentlik Alisher Hamidov 5 yil davomida Toshkent Davlat Yuridik universiteti talabasi bo‘lish uchun imtihon topshirdi. Lekin har safar imtihonlardan yiqildi. 2017 yilda ham Toshkent Davlat Yuridik universitetiga kira olmagan yigitning qarshisidan yana bir umidli yo‘l chiqdi. U hech qanday imtihon topshirmay, Ukrainadagi nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirish mumkinligi haqida xabar topdi va O‘zbekistonda 7 yildan buyon faoliyat olib borayotgan “Inside A” ta'lim markazi orqali Ukrainaga yo‘l oldi. Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov Milliy Yuridik universiteti talabasi bo‘ldi.

Foto: Inside A

“Yolg‘iz o‘g‘ilman, ota-onamning yonlariga qaytishni istayapman. Keyin to‘y qilamiz deyishyapti. Shuning uchun o‘qishimni Toshkent Davlat Yuridik universitetiga ko‘chirdim. Endi o‘qishni O‘zbekistonda 2-kursdan davom ettiraman”, - deydi Alisher Hamidov.

O‘tgan yili “Inside A” ta'lim markazi yordamida Ukraina OTMlari talabalari qatoriga qabul qilingan Alisher, 2-kursdan o‘qishini Toshkent Davlat Yuridik universitetiga ko‘chirgan. Bunda u hech qanday muammolarga duch kelmaganini ta'kidlaydi. 5 yil davomida imtihonlardan yiqilgan yigit baribir orzusiga yetdi: u Toshkent Davlat Yuridik universiteti talabasi bo‘ldi.

13 sentabr kuni soat 7:55 da Minsk orqali Xarkovga yo‘l olgan samolyotda 13 nafar talaba bor edi. Ulardan biri qiz bola: Nigina Akmamatova bir necha yillik urinishlari foyda bermagach, Ukrainadagi OTM talabasi bo‘lishni tanladi va Xarkov Milliy Tibbiyot universiteti talabalari qatoriga qo‘shildi. Nigina universitetning Davolash ishi fakultetida 6 yil ta'lim olib, O‘zbekistonga shifokor diplomi bilan qaytadi va u dunyoning 70 ta mamlakatida tibbiyot sohasida faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi.

Foto: Inside A

Toshkentlik Sardor endigina 20 yoshni qarshilagan. U ham ikki marta O‘zbekistondagi OTMlarga imtihon topshirib, yiqilgan. Keyin Ukrainaga ketish haqida eshitib, “Inside A” ta'lim markazi orqali Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov Milliy Yuridik universiteti talabasi bo‘ldi. U universitetning Xalqaro huquq fakultetini tamomlagach, O‘zbekistonga qaytib, ish faoliyatini yurtimizda davom ettirmoqchi.

Hech qanday imtihon topshirmay, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarning ko‘zlari yonib turibdi, qalbi orzularga to‘la. Ular aynan o‘sha orzular tomon parvoz qildilar, mustaqil yo‘lga otlandilar. Kelasi hafta talaba bo‘lgan bunday yoshlar soni yana ortadi va ularning orasida Siz ham bo‘lishingiz mumkin.

Buning uchun quyidagi OTMlardan birini tanlang:

 1. Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov Milliy Yuridik universiteti

2. Krivograd Milliy Tibbiyot universiteti

3. Xarkov Milliy Farmatsevtika universiteti

4. Xarkov Milliy Aerokosmik universiteti

5. Xarkov Milliy Aviatsiya universiteti

6. S.Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti

7. Xarkov Milliy Tibbiyot universiteti

8. Xarkov Milliy Politexnika universiteti

9. V.N.Karazin nomidagi Xarkov Milliy universiteti

“Inside A” ta'lim markaziga murojaat qiling va barcha rasmiy hujjatlarni o‘zingiz ko‘zdan kechirib, ishonch hosil qiling.

 Qanday sharoit yaratiladi?

  •  Barcha sharoitlar va Wi-fi’ga ega bo‘lgan yotoqxona;
  • OTM axborot-resurs markazidan doimiy foydalanish;
  • Bepul rus tilini o‘rganish;
  • Sport majmuasidan bepul foydalanish;
  • Ota-onalar farzandining davomati va baholarini masofaviy elektron kuzatib borish imkoniyati.

Shoshiling, o‘qishga qabul qilinuvchilar soni chegaralangan. OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etilishi kerak:

 • Fuqarolik pasporti nusxasi;

• Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;

• Maktab yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi.

Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Ts-4/32-uy, 31-x

Mo‘ljal: Oloy bozori, metroning Abdulla Qodiriy bekati

Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4223010, +99897 4333010

Batafsil ma'lumotlar bilan www.medicaleducation.in.ua sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top