Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 11 sentabrdagi teraktlardan keyin kiritilgan favquloddagi vaziyatni bir yilga uzaytirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin kiritilgan sanksiyalar amal qilishini yana bir yilga uzaytirdi.
Trampning kongressning ikki palatasi rahbarlariga yo‘llagan maktubida ta'kidlanishicha, AQShning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyoti uchun favqulodda xavf” hanuzgacha saqlanib qolmoqda.
“Shu sababli terrorchilikni amalga oshirayotgan, amalga oshirish bilan tahdid qilayotgan yoki uni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarga nisbatan 13224-son farmonda e'lon qilingan favqulodda vaziyatni (sanksiyalarni) yana bir yilga uzaytirish zarurligi haqida qaror qabul qildim”, deb aytilgan maktubda.
11 sentabrdagi teraktlar AQSh tarixidagi eng yirik teraktlar bo‘lgan. Ushbu teraktlar 3 mingdan ko‘proq odamning hayotiga zomin bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026