“O‘zsanoatqurilishbank” Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan taqdirlandi
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan moliyalashtirish liniyasidan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi hamkor-bank deb e'tirof etildi.
Joriy yilning 18 sentabr kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Islom Taraqqiyot Banki guruhi kuni” konferensiyasi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan moliyalashtirish liniyasidan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi hamkor-bank deb e'tirof etildi.
Tadbir doirasida, shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan Islom taraqqiyot banki guruhi tashkiloti a'zolari, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Ushbu shartnomalar tadbirkorlik sub'yektlarining innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirish hamda savdoni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.
Qayd etish kerakki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari 2009 yilda o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
23:15 / 28.03.2023
Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi
14:10 / 31.10.2022
“O‘zsanoatqurilishbank” xodimlari uchun Tracker-2 va Equinox mashinalari xarid qilinadi
20:00 / 23.12.2021
Toshkentda Tadbirkorlar maktabi ochildi
12:00 / 03.12.2021