Visa va Mastercard riteylerlarga 6,2 mlrd dollar to‘lab berishga rozi bo‘ldi
Dunyodagi eng yirik to‘lov tizimlari Visa va Mastercard AQSh riteylerlari bilan tranzaksiyalar uchun yuqori komissiyalar olgani yuzasidan uzoq yillar davom etgan bahsni hal qildi. Ikki to‘lov tizimi reteylerlarga 6,2 mlrd dollar to‘lab berishga rozi bo‘lgan.
Bahs 2005 yilda boshlangan, o‘shanda riteylerlar Visa va Mastercard’ni AQSh antimonopol qonunchiligini buzishda ayblab chiqqanlar. Ushbu da'vo bo‘yicha to‘lov tizimlariga egalik qilgan banklar ham javobgar hisoblangan.
Kelishuvga ko‘ra, Visa, Mastercard va JP Morgan Chase, Bank of America va Citigroup banklari riteylerlarga 2012 yilda kelishilgan 5,3 mlrd dollarlik summaga qo‘shimcha 900 mln dollar to‘lab berishga rozi bo‘lgan. Visa bu qiymatdan 600 mln dollarini, Mastercard esa 108 mln dollarini to‘lab beradi.
Visa ulushiga tranzaksiyalarning katta qismi to‘g‘ri kelgani sababli u 6,2 mlrd dollardan 4,1 mlrd dollarini to‘laydi. Mastercard esa yakuniy summaning 12 foizini to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
09:00 / 04.11.2024
“Chet elda keshbek”ga qanday ega bo‘lish mumkin: Mastercard'ning yangi dasturi bo‘yicha gid
08:30 / 23.10.2024
RFda Visa va Mastercard xavfsizlik sertifikatlarining amal qilish muddati tugayapti
16:35 / 19.10.2024
“Hamma mamlakatda ham rasmiy vakolatxona ochavermaymiz” - Mastercard vakili
21:05 / 10.05.2024