Visa-karta aksariyat banklarda bepul va bir neça daqiqa içida tayyor böladi. Qaysi banklarda rasmiylaştiriş şartlari qulayligi, rasmiylaştiriş uçun nima kerakligi va kartalarning özaro farqlari haqida tuşunça beramiz.
Özbekistonda Visa-kartani qayerda oçiş mumkin?
Özbekistonda Visa-karta davlat, xususiy va raqamli banklar tomonidan çiqariladi. Aksariyat kartalar — debet kartalari. Virtual Visa hamma banklarda ham avjud emas, premial kartalarni esa (Platinum, Signature, Infinite) çeklangan Visa hamkorlari çiqaradi.
Maqolada Visa rasmiy saytida Özbekistondagi hamkorlar sifatida körsatilgan banklarning ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Visa-karta turlari
Özbekistonda Visa-kartalar işlaş prinsipiga köra farqlanadi. Bu xorijda yoki internet orqali tölaş imkoniyatiga ta’sir qilmaydi, lekin kartadan foydalaniş şaklini belgilaydi.
- Debet Visa karta bank hisobraqamiga biriktirilgan va plastik karta şaklida çiqariladi. U barça bazaviy vazifalar: onlayn-tölov, xorijga safar, naqd pul yeçiş va terminal orqali tölovlar uçun mos keladi.
- Virtual Visa kartadan asosan onlayn-tölovlar, obunalar va xorijiy valutadagi servislar uçun tölovlarda foydalaniladi. Bunday kartalar köpinça tezroq rasmiylaştiriladi va arzonroq böladi, qator banklarda esa bepul çiqariladi.

Agar karta faqat obuna va internet-tölovlar uçun kerak bölsa, virtual Visa kifoya. Safarlar va doimiy oflayn-tölovlar uçun debet karta qulayroq.
Visa karta toifalari
Classic'dan to Infinite’gaça barça Visa-kartalari tölovlar va xorijga safarlarda bir xil işlaydi. Toifalar orasidagi farq tölovlarda emas, balki xizmat körsatiş şartlari va qöşimça xizmatlarda.






















