Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi statsionargacha tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtiradi
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida 2018–2024 yillarda tezkor tibbiy yordam xizmatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar kompleksi muhokama qilina boshladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (bundan keyin – XTA) o‘rtasida 2018 yil 17 mayda «Tezkor tibbiy yordam xizmatlarini takomillashtirish» loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzolangan. Unga ko‘ra XTA 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratadi. Qarz Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi mo‘ljallanmoqda, deb yozadi Norma.
Loyiha doirasida tezkor tibbiy yordam xizmati faoliyat yuritishi, tizimni boshqarish va sifatni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqda. Loyihaning boshqa komponenti tezkor tibbiy yordam xizmatining dispetcherlik, kommunikatsion va axborot tizimlarini takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Statsionargacha tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi.
Muassasalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga tayyorlash jarayonida mavjud binolarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish rejalashtirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini loyihaning ijrochi agentligi etib belgilashni taklif qilmoqda.
Loyiha rad etilishi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:53 / 17.12.2025
Ombudsman aralashuvi: mahkum va mahbuslarga tibbiy yordam tashkil etildi
19:05 / 21.11.2025
Rossiyada migrantlar uchun tibbiy yordam olish shartlari kuchaytiriladi
20:34 / 16.10.2025
Is gazidan zaharlanishga qarshi birinchi samarali vosita ishlab chiqildi
14:40 / 15.10.2025