Tegişli hukumat qaroriga muvofiq, 2027 yil 1 yanvardan davlat budjetidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida onkologik bemorlarga körsatiladigan bir qator xizmatlar Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.

Jumladan, quyidagi tibbiy xizmatlar xarajatlari qoplab beriladi:

  • saraton kasalliklarini erta aniqlaş va oldini oliş maqsadida ötkaziladigan laborator hamda instrumental tekşiruvlar;

  • kasallikka taşxis qöyiş va uning bosqiçini aniqlaş;

  • jarrohlik amaliyotlari;

  • bazaviy ösmaga qarşi dori vositalari, gormonal va qöllab-quvvatlovçi terapiya, şuningdek nur terapiyasi;

  • palliativ tibbiy yordam;

  • reabilitatsiya va dispanser kuzatuvi xizmatlari.

Qaror bilan Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi huzurida Noinfeksion kasalliklarga qarşi kuraşiş jamğarmasi taşkil etilişi ham belgilangan.

Mazkur çoralar aholiga onkologik kasalliklarni erta aniqlaş, öz vaqtida va sifatli davolaş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, bemorlar uçun moliyaviy yukni kamaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.