Jahon | 13:07 / 22.09.2018
19852
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiy politsiyasi Il-20 urib tushirilishiga aloqador barcha suriyaliklarni hibsga oldi – OAV

Foto: AFP

Rossiyaning Il-20 samolyotini urib tushirgan havo hujumidan mudofaa tizimi raketasining uchirilishiga aloqador bo‘lgan Suriya armiyasining barcha harbiylari hibsga olingan, deb xabar qildi Isroilning 9tv kanali arab OAVga tayanib.

Xabarda aytilishicha, bundan tashqari, Suriya armiyasining 44-batalonida S-200 zenit-raketa majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha ko‘ngilli fuqarolar ham qo‘lga olingan.  

Hibsga olishlar Rossiya harbiy politsiyasi vakillari tomonidan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yo‘qotgani xabar qilingandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Il-20 Suriya kuchlariga qarashli S-200 majmuasi raketasi yordamida urib tushirilgan.

Qayd etilishicha, bunga Isroilning F-16 qiruvchilari Rossiya samolyoti orqali o‘z xatti-harakatlarini berkitishga uringani sabab bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid