Sport | 07:50 / 22.09.2018
22928
2 daqiqa o‘qiladi

UFC rahbari: Nurmagomedov Magregordan nafratlanadi

Foto: Getty Images

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Dana Uaytning fikricha, rossiyalik Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregordan nafratlanadi.

U Konor Makgregor bilan jangdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida Nurmagomedov asabiylashganiga guvoh bo‘lgan. Uaytning so‘zlariga ko‘ra, u irlandiyalik tomonidan aytilgan qator haqoratlardan so‘ng qizishib ketgan.

Makgregor matbuot anjumani vaqtida Nurmagomedovni haqorat qilib, qo‘rqoq va «kalamush», deb atab, atayin mojaro keltirib chiqarishga urindi. Shuningdek, u Habibning otasi va Dog‘iston xalqini haqorat qildi.

«Bu yigitlar haqiqatdan ham bir-biridan nafratlanadi. Bruklindagi avtobus bilan bog‘liq voqeani barcha yaxshi eslaydi. Bu men qachonlardir ishtirok etgan eng qattiq matbuot anjumani bo‘ldi. Habib tashqi ko‘rinishida asabiylashayotganini sezdirmadi, biroq, u ichidan qaynab ketayotganiga guvoh bo‘ldim. Agarda sizni bunday so‘zlar e'tiborsiz qoldirsa, unda siz odam emassiz. Bunday ruhiy hujumlarda Konorga yetadigani yo‘q», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov - mayda kalamush ekani, uni bir raundda sindirishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid