O‘zbekiston | 16:40 / 23.09.2018
4325
2 daqiqa o‘qiladi

JATA Tourism EXPO Japan: O‘zbekiston Tokiodagi xalqaro turistik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

19-23 sentabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida JATA Tourism EXPO Japan xalqaro turistik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. KUN.UZ muxbiriga ma'lum qilinishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida tashkil qilingan O‘zbekiston milliy stendi ko‘rgazma mehmonlariga Toshkentdan Surxondaryogacha barcha hududlarda sayohat va hordiq chiqarish bilan bog‘liq yo‘nalishlarga oid ma'lumotlarni taqdim etib, mamlakat turistik salohiyatini keng namoyish etmoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

JATA Tourism EXPO Japan – 130 dan ortiq mamlakatdan 200 dan ziyod mehmon tashrif buyuruvchi yilning eng yirik hodisasi. Ko‘rgazmada turistik biznes vakillari bilan bir qatorda mahalliy aholi ham ishtirok etmoqda.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyaning O‘zbekiston turistik bozoriga bo‘lgan qiziqishi yildan yilga oshib bormoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

"Yaponiyalik turistlarning O‘zbekistonga sayohat qilishga bo‘lgan qiziqishi tobora oshib bormoqda. Masalan, 2015 yilda O‘zbekistonga 7 mingdan ortiq yaponiyalik tashrif buyurgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 11,5 ming nafargacha oshdi, - deydi Yaponiya turistik korporatsiyalari bosh direktori Yoshixaru Matsumoto. - 2019 yilda biz O‘zbekistonga 20 mingdan ziyod sayyohni jo‘natishni rejalashtiryapmiz".

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Ko‘rgazmada turizm sanoatining barcha zamonaviy yo‘nalishlari - biznes, ekzotika, ekologiya, kruizlar, mehmonxona, restoran servislari va ko‘plab boshqa yo‘nalishlar namoyish qilinmoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Mavzuga oid