Jahon | 21:35 / 24.09.2018
21462
5 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts pullarini nimalarga sarflaydi

Foto: Flickr

Xayriya 

1994 yilda Bill va Melinda Geyts ta'lim va sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash, kam ta'minlanganlarga yordam berish uchun Uilyam Geyts fondiga asos solgan.  

2013 yilda fond mablag‘i 34,6 mlrd dollar deb baholangan.

2010 yilda Geyts barcha milliarderlarga o‘z boyliklarining yarmini xayriyaga sarflashni taklif qilgan. Uning taklifiga 40 nafar milliarder rozi bo‘lgan.  

San'at

Geyts 1994 yilda Leonardo da Vinchining «Lester kodeksi» risolasini 30 mln dollarga sotib olgan. Kodeks 2003 yildan buyon Sietldagi badiiy muzeyda saqlanadi.  

Universitetlar

Geyts Stenford universitetida Geytsning kompyuter fanlari binosi qurilishiga 6 mln dollar ajratgan. Binoda kompyuter fanlari bo‘limi va kompyuter tizimlari laboratoriyasi joylashgan.

1999 yilda Geyts Massachusets texnologiya institutida kompyuter laboratoriyasi qurilishi uchun 20 mln dollar ajratgan.

Vegetarianlar uchun go‘sht 

Ta'mi haqiqiy go‘shtni eslatuvchi go‘sht yaratish ustida ish olib borayotgan Impossible Foods loyihasi uchun Bill Geyts 2013 yildan 2017 yilgacha 208 mln dollar ajratgan.

Geyts shuningdek, 2015 yilda Los-Anjyelesdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Beyond Meat zavodiga 17 mln dollar mablag‘ bergan.

Foto: Flickr

Chiqindilar

Waste Management xoldingi chiqindilarni boshqarish va ular bilan bog‘liq ekologik xizmatlarni ko‘rsatadi. Bill va Melinda Geyts fondi xoldingning 1,46 mlrd dollarlik aksiyasiga egalik qiladi.

Petitsiya

Dunyoning 196 mamlakatida 150 mlndan ortiq foydalanuvchiga ega Change.org sayti 2014 yilda Geyts va boshqa investorlardan 30 mln dollar olgan.  

Energetika

2015 yilda Bill Geyts va Mark Tsukerberg sof muqobil energiya manbalarini topish va ishlab chiqish bo‘yicha investitsiyalar jalb etish uchun Breakthrough Energy Coalition fondini tashkil etgan.

2018 yilda Geyts kompaniya va binolarni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun yuqori samarali generatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha EtaGen startapiga investitsiya kiritgan.

Energetika bilan bog‘liq yana bir loyiha — Varentec. U shahar elektr tarmoqlarining samarali ishlashiga yordam beradi. Geyts bu startapga 2014 va 2015 yillarda investitsiya kiritgan.

Saraton diagnostikasi 

2016 yilda tashkil etilgan Grail kompaniyasi qon tahlili yordamida saratonni dastlabki bosqichida aniqlovchi texnologiyani ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 

Kompaniyaga Geyts, Jyeff Bezos va Google Ventures moliyaviy yordam ko‘rsatgan.

Foto: Flickr

Kriptovalyutalar

2017 yil oktabrda Bill va Melinda Geyts fondi Ripple kriptovalyuta loyihasini qo‘llab-quvvatlagan.  

Bloomberg’ga bergan intervyusida Geyts raqamli valyutalar qashshoqlikni yo‘q qilishga yordam berishini aytgandi.

Altsgeymer kasalligini davolash

2017 yil noyabrda milliarder aqli ojizlikni diagnostika qilish fondiga 50 mln dollar investitsiya kiritgan.  

«Aqlli» shahar

2017 yilda Geytsga qarashli Cascade Investment investitsion guruhi Arizona shtatidagi «aqlli» Belmont shahrini rivojlantirish uchun 80 mln dollarga yaqin mablag‘ ajratgan.  

Gripp

2018 yil aprelda Geyts Google hammuassisi Larri Peyj bilan hamkorlikda grippga qarshi universal vaksina yaratish uchun 12 mln dollar ajratishini e'lon qilgan.  

Biotexnologiya va tishlar

Xitoyning biotexnologiya bo‘yicha Phase Scientific startapi 2018 yilda Bill va Melinda Geyts fondi, AQSh fanlar bo‘yicha milliy agentligi va milliy sog‘liqni saqlash instituti va boshqalardan 10 mln dollar mablag‘ olgan.

Bill Geyts 2018 yil martda Nigeriya sog‘liqni saqlash tizimiga uning fondi 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya kiritganini ma'lum qildi.

Foto: Pixabay

Mutant chivinlar 

Genetik modifikatsiyalangan chivinlar boshqa chivinlarni o‘ldiradi. Geyts bezgakni yo‘q qilish uchun 2018 yilda mutant chivinlar yaratishga 4 mln dollar sarmoya kiritishga qaror qilgan.

Ta'lim 

2018 yilda Geyts shuningdek Amerikadagi ta'lim dasturlari uchun 460 mln dollar ajratgan. Bu mablag‘ besh yil davomida moliyaviy ehtiyojmand talabalarning kollejlarga kirishga tayyorlanishi uchun sarflanadi. 

Mavzuga oid