Hindistonda «asr töyi» ötkazilyapti. 12 iyul kuni Anant Ambani va uning rafiqasi Radika Merçantning Mumbaydagi töy marosimi boşlandi. Töy 3 kun – jumadan yakşanbagaça davom etadi.

Kelin-kuyov haqida
29 yoşli Anant Osiyoning eng boy odami – Mukeş Ambanining kenja öğli. Ambanilar oilasi Reliance Industries Limited kompaniyasiga egalik qiladi. Uning biznesi neftni qayta işlaş, çakana savdo, telekommunikatsiya, oziq-ovqat mahsulotlarini sotiş va raqamli platforma xizmatlarini taqdim etişni öz içiga oladi. Ayni paytda Forbes Mukeş Ambanining boyligini 123,7 mlrd dollarga baholagan va dunyoning eng boy odamlari röyxatida 11-öringa joylaştirgan.

Radika Merçant 1994 yilda işbilarmonlar oilasida tuğilgan. Uning ota-onasi milliarderlar Viren va Şeyla Merçant — dunyo miqyosida tabletka hamda kapsulalar işlab çiqaruvçi Encore Healthcare kompaniyasining asosçilaridir. Radika dastlab elita maktabida öqigan va keyinçalik Nyu-York universitetining siyosatşunoslik va iqtisod fakultetini tamomlagan.
Ayrim manbalarda Anant Ambani va Radika Merçantning bolalikdan tanişligi haqida aytilgan, boşqalarida esa juftlik 2017 yilda tanişgani haqida keltirib ötilgan.
Töyda kimlar qatnaşadi?
Töy marosimi Ambanilarga tegişli Mumbaydagi 27 qavatli «Antiliya» deb nomlanuvçi majmuada bölib ötadi. Uning balandligi 173 metr, maydoni esa 37 ming kvadrat metrga yaqin. Ambanilarning xususiy uylaridan biri bölgan bu inşoot 2006 yildan 2010 yilgaça qurilgan. Bino qurilişi milliarderlarga 50-70 million dollarga tuşgan. Ayni paytda mazkur haşamatli uy 2 mlrd dollargaça baholanmoqda.

Anant va Radikaning töyiga taşrif buyuradigan mehmonlar röyxatidan Hindiston boş vaziri Narendra Modi, mamlakatdagi muxolifat partiya – «Hindiston milliy kongressi» yetakçilaridan biri Sonia Gandi, respublika mudofaa vaziri Rajnat Singx, parlament a’zolari, va bir qator ştatlarining boş vazirlari örin olgan. Şuningdek, marosimda Bollivud yulduzlari Şohrux Xon, Salmon Xon, Amitabx Baççan, Dipika Padukone, Ranbir Kapur va boşqalar iştirok etişadi.













