Rossiyalik milliarderlar Oleg Deripaska, Leonid Mixelson, Sergey Gordeyev, Mixail Gutseriyev va boşqalar Ukrainaga jangga borişga tayyor bölgan erkaklarni öz kompaniyalariga yollayapti va ularga şartnoma asosidagi xizmat uçun «mukofot puli» tölayapti. Bu haqda 1 avgust, seşanba kuni «Vajnyye istorii» (iStories) internet naşri yozgan. 

Jurnalistlar «Redut» XHKning sobiq yollanma askari, hozirda Rossiya qurolli kuçlarining bir qismi bölgan «Sokol» «köngillilar» batalonida vzvod komandiri hisoblanuvçi Igor Sergiyenko bilan suhbatlaşdi. Sergiyenkoning sözlariga köra, uning maoşi ikki manbadan olinadi: 200 000 rubl şartnoma böyiça xizmat uçun RF Mudofaa vazirligi tomonidan tölanadi, yana 100 000 rubl - «homiy» kompaniya tomonidan. 

«Birinçidan, biz (kompaniyamizda) şartnoma tuzişdan bir kun oldin (Rossiya Mudofaa vazirligi bilan) işga olinamiz, keyin esa mehnat şartnomasini töxtatib turiladi va bizda maxsus harbiy operatsiyaga borgan xodimimizga bonuslar tölaş uçun asos yaratiladi. Sxema şunday», deb tuşuntirdi uşbu kompaniyaning özini Viktor Fedoroviç deb taniştirgan xodimi suriştiruv mualliflariga. 

Suhbat çoğida «köngillilar» uçun «homiy»-kompaniya nomi tilga olinmadi. Biroq «Vajnyye istorii» xodimlari «Sokol» batalonining Telegram-kanalida körsatilgan telefon raqamlari Oleg Deripaskaning «Rusal» kompaniyasi 100 foizlik şu’ba korxonasi «Rusal menedjment»ga tegişli ekanligini aniqladi.