BMT va global sheriklar ochlikka qarshi murosasiz kurash mexanizmini ishga tushirdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon banki hamkorlar bilan, yakshanba kuni, butun hamjamiyati oldida turgan eng og‘riqli muammolardan biri - ochlik bilan kurashish mexanizmini ishga tushirishdi.
Ochlik xavfi millionlab odamlar hayotiga tahdid qilishda davom etmoqda. Jahon banki tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, bugungi kunda 124 million kishi oziq-ovqat xavfsizligining inqirozidan aziyat chekmoqda, ularning yarmidan ko‘pi turli mojarolarning oqibat va ta'siriga tushib qolgan.
So‘nggi bir necha yil ichida toza ichimlik suvi va oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning kattaligi sezilarli darajada o‘sdi. Allaqachon xalqaro insonparvarlik tizimining mustahkam chegaralaridan o‘tib, yanada ko‘proq talabni yaratmoqda. Bolalar o‘limining darajasi qariyb 60 foizga oshib, ularning ulg‘ayishi davomida bo‘y balandligi qariyb ikki santimetrga qisqardi.
Ushbu natijalar jamiyatdagi samaradorlik va ilmga bo‘lgan intilishni so‘ndiradi. Qisqa qilib aytganda, ochlik paytida tug‘ilgan bolaning umri 13 foizga qisqarishi kuzatilmoqda. 2017 yil Xalqaro valyuta jamg‘armasi-Jahon Bankining bahor yig‘ilishlari paytida, Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ochlik uchun «murosasiz kurash»ga sodiq qolib, bu muammoni tugatish uchun «ko‘proq ish qilish va uni yaxshiroq bajarish»ga kelishgandi.
Jahon banki, BMT, Amazon, Google va boshqa global sheriklar ochlikning oldini olish, tayyorgarlik va dastlabki ishlarni amalga oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun birinchi global mexanizmni ishlab chiqdi. FAM mexanizmi muammoli vaziyatda tahdidlarni erta aniqlash, yechimlarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish va harakatlarni amalga oshirish tartibi o‘rtasidagi aloqalarni rasmiylashtirmoqchi. Tez orada barcha tashkiliy yakuniga yetishi bilan tashkilotchilar umumiy konsepsiyani ommaga e'lon qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024