Bojxonachiga pora berayotgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyati “G‘ishtko‘prik” chegara postida bojxona xodimiga pora berishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Xizmat vazifasini bajarish jarayonida bojxona xodimi qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro Sh.Q. va unga tegishli yuklarni belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazayotganida ushbu shaxsning bojxona qoidalariga rioya qilmayotganligini aniqladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar berdi.
Gap shundaki, fuqaro Sh.Q. o‘zi bilan 7 dona changyutgichni olib kirishga urinayotgan bo‘lgan. Shu maqsad yo‘lida u bojxona xodimini o‘zi tomon og‘dirishga urinib, mazkur tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazmasdan O‘zbekiston hududiga olib o‘tish evaziga pora taklif qilgan. Vaholanki, me'yoriy hujjatlarga ko‘ra, bir shaxs bir oyda bittadan ortiq changyutgich olib kirishi mumkin emas.
Ammo, Sh.Q.ning rejasi naf bermadi. Bojxona xodimi bu o‘z rahbarlarini voqeadan xabardor etadi. Tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.Q. xizmat vazifasini bajarayotgan bojxona xodimi Sh.M.ga «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti hududida 100 AQSh dollari berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlarini tashkillashtirish uchun prokuraturaga yuborildi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
18:08 / 01.10.2024