22:09 / 24.09.2018
10951

Nobel mukofotiga muqobil mukofot sovrindorlari e'lon qilindi  

Foto: Right Livelihood Award

Nobel mukofotining muqobili deb ataluvchi, Right Livelihood Award Foundation jamg‘armasining “To‘g‘ri turmush  tarzi uchun” mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda ushbu mukofot Saudiya Arabistoni, Gvatemala, Avstraliya va Burkina-Faso vakillariga topshirildi.   

Taqdimoti 23 sentabrda bo‘lib o‘tdi. Pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilmaydigan sovrin gvatemalalik huquqshunoslar Ivan Velaskes va Telma Aldanaga topshirildi. Ularning faoliyati o‘z davlatlarida hokimiyatning yuqori eshelonlarida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan bo‘lgan.  

Pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan sovringa burkina-fasolik fermer Yakub Savadogo loyiq topildi. U Afrikada cho‘llar tarqalishiga qarshi kurashi uchun taqdirlangan. “Cho‘lni ushlab turuvchi odam” degan nom olgan Savadogo 96 ming yevro miqdorida pul mukofoti olgan.

Xuddi shu miqdordagi yana bir pul mukofoti avstraliyalik agronomga cho‘l va yarimcho‘l hududlarida o‘rmon yetishtirish usulini o‘ylab topganiga berilgan.

Saudiya Arabistoni vakillari ushbu mukofotni ilk bor oldilar. Bular huquq himoyachilari Valid Abu al-Xayr, Muhammad Fahod al-Kaxtaniy va Abdulloh al-Hamid. Ular o‘zlarining avtoritar jamiyatlarida tinch yo‘l bilan inson huquqlarini himoyalashni joriy qilishga urinib keladilar. Ularning barchasi ushbu sa'y-harakatlari sababli panjara ortida bo‘lishlariga to‘g‘ri kelgan.

Right Livelihood Award Foundation mukofoti 1980 yilda ta'sis etilgan. Uning   jamg‘armasi xayriyalar hisobiga to‘ldirib boriladi va bugungi kunda 313 ming yevroga yaqinni tashkil qiladi. Mukofot inson huquqlari, atrof-muhit va tinchlikni himoyalashdagi sa'y-harakatlar uchun, Nobel mukofoti topshirilishini rad etgan 4 kishi yoki tashkilotga beriladi.

Mavzuga oid
Top