Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Buyuk Britaniyaning Suriyaga feyk zarbasi haqida xabar berdi
Foto: AP
Buyuk Britaniya O‘rta Yer dengiziga Suriya kimyoviy qurol qo‘llagani tufayli ushbu hukumat qo‘shinlariga zarba berish maqsadida suvosti kemalarni yubormagan. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail gazetasi mamlakat Mudofaa vazirligidagi manbaga asosan xabar berdi.
Nashrning ta'kidlashicha, 2018 yilning boshida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Suriyaga zarbalar berishni buyurgan. Shu bilan birga, Britaniya OAV qanotli raketalarga ega suvosti kemalari O‘rta Yer dengiziga yarim yo‘lda ekani haqida xabar tarqatgan, biroq Britaniya bir dona ham texnikani yubormagan bo‘lgan.
Daily Mail’ning taxminicha, Britaniya qurolli kuchlarida Suriyaga yuborilishi mumkin bo‘lgan kerakli vositalar topilmagan. Gazetaning bildirishicha, bunga mudofaaga xarajatlar uchun byudjyet ko‘p yillar davomida qisqartirib borilgani tufayli armiyaning qoniqarsiz holati sababdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Asadning ketishi vaqt masalasi ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 02.02.2026
Sobiq yevrokomissar Epshteyn bilan aloqalar haqidagi ma’lumot sabab partiyadan chiqdi
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
10:58 / 26.01.2026