Jahon | 10:10 / 25.09.2018
2481
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Janubiy Koreya prezidentini qo‘llab-quvvatladi

Foto: Yonhap

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chjye Inga tashkilot Koreya yarim orolining yadrosizlanishi masalasida Janubiy Koreyani qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda BMT matbuot ofisi xabar tarqatgan.

«Bosh kotib [Guterresh] prezident Mun [Chjye Inga] BMT uning sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi haqida bildirdi», - deyiladi tashkilot matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, ta'kidlanishicha, bosh kotib Mun Chjye In Koreya yarim orolining yadrosizlanishi bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni «yuqori baholadi» hamda uni ushbu jarayonda ishtirok etayotgani uchun maqtadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inni maqtagani xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid