Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi Suriyaning tiklanishida qanday shartda ishtirok etishi ma'lum bo‘ldi
Yevropa ittifoqi (YeI) diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining ma'lum qilishicha, Yevropa davlatlari Suriyani tiklashda siyosiy jarayon bo‘lsagina ishtirok etishi mumkin. Mogerinining so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Yevropa diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, YeI Suriyani tiklashda ishtirok etishga «tayyor», sababi Suriya xalqining farovonligi Yevropa ittifoqi manfaatlariga muvofiq keladi. Shu bilan birga, Mogerinining ta'kidlashicha, YeI davlatlariga tiklash jarayonida ishtirok etish uchun «siyosiy shartlar» kerakdir.
«Agar Idlibdagi vaziyat Rossiya va Turkiya tomonidan imzolangan memorandumga muvofiq rivojlansa, konstitutsion qo‘mita siyosiy jarayonni boshlash va Suriyani tiklashga xalqaro hamjamiyatni jalb qilish bo‘yicha ishga start berishi mumkin. Men shunday imkoniyatlar «derazasi»ni ko‘rmoqdaman», - dedi Mogerini.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Asadning ketishi vaqt masalasi ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026