Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi bo‘sh turgan kollej yotoqxonalari uylarga aylantirilib, og‘ir sharoitda yashayotgan ayollarga beriladi
Andijon viloyatida og‘ir uy-joy maishiy sharoitlarda yashayotgan va boquvchisini yo‘qotgan ayollarni uy-joy bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining viloyatdagi bo‘sh turgan 16 ta yotoqxona binosi turar joylarga aylantiriladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Mazkur uy-joylar og‘ir sharoitda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilayotgan xotin-qizlar, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj ayollarga beriladi.
Turar joylarga talabgorlarni tanlash hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, bo‘sh turgan yotoqxonalarning ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va maktabgacha ta'lim muassasalariga aylantirilgan qismi tadbirkorlarga belgilangan tartibda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar evaziga “nol” xarid qiymatida sotiladi yoki tekin foydalanish shartnomasi asosida beriladi.
Mavzuga oid
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
10:25 / 30.06.2026
Vazirlik: Talabalar turar joylari sotuvga qo‘yilmagan
16:27 / 26.06.2026