
Ilk daromad manbalari: öyinlar, taxtani tiladigan arra, “kompyuter ustasi” xizmatlari va tungi klub
Ilon Mask bolaligidayoq dasturlaş orqali pul işlaşgan. U 1984 yilda Blastar kompyuter öyinini yozib, uni janubiy Afrikaning PC Office Technology jurnalida naşr ettirgan va evaziga 500 dollar olgan.
1988 yilda Janubiy Afrikadan Kanadaga kelib, Mask dastlab Valdek qişloğidagi qarindoşining fermasiga işga kirdi, keyin Vankuverdagi taxta tiliş sexlaridagi qozonxonalarni tozaladi.
Kanadada Mask akasi Kimbal bilan birgalikda navbatma-navbat tadbirkorlarga qönğiroq qilişar,iş haqida kelişiş uçun ularni tuşlikka taklif qilişardi. Ular Yangi Şotlandiya banki menejyeri Piter Nikolsonga yoqib qolişdi. Keyinçalik u Ilonga bankda soatiga 14 dollarga amaliyot ötaşni taklif qildi va uning ustoziga aylandi.

Kingstondagi Kuins universitetida öqiş vaqtida Mask buyurtma asosida kompyuterlarni yiğar va ularni ta'mirlardi. 1992 yilda u Pensilvaniya universitetida öqiş uçun köçib ötdi. Mask kursdoşlari bilan önta yotoqxonali uyni ijaraga oldi. Öqiş va turar-joy ijarasini tölaş uçun dam oliş kunlari uyni tungi klubga aylantirardi. Öz tengdoşlarini dam oliş uçun uyga taklif etardi. Biroq doim keçki tadbirlarni özi nazorat qilgan.
1995 yilda Mask Stenford aspiranturasiga öqişga kirdi. Biroq ikki kun ötgaç, internetni rivojlantiriş va şaxsiy internet-kompaniyasini yaratiş kerak, degan fikr bilan u yerdan ketdi. Uning ğoyasi – “Har bir odam yaqin oradagi pitssaxonani topişi va unga qanday yetib oliş böyiça tuşuntirişni oliş imkoniyatiga ega bölişi kerak”.
Global Link — Maskning ilk kompaniyasi
Eşli Vensning “Ilon Mask va fantastik kelajakni izlab” kitobida Maskning otasi öğlining ilk startapi uçun 28 ming dollar bergani aytilgan. Biroq Mask buni inkor etadi: uning otasi bilan munosabatlari murakkab edi. Vens bilan suhbat davomida u öğlining xizmatlarini öziniki qilib körsatgan.
“U heç nima qilmasdi. Kollej uçun haq tölamasdi. Biz akam bilan öqiş uçun tölovni stipendiya, kredit va bir vaqtning özida ikkita joyda işlab tölardik”.














