YeXHT Parlament assambleyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasidagi Daniya delegatsiyasi a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot avvalida mehmonlarga O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tub islohotlar, hududlar, umuman, mamlakat taraqqiyotini ta'minlashga yo‘naltirilgan davlat va hududiy ahamiyatga molik muhim dasturlar xususida qisqacha ma'lumot berildi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar e'tiboriga parlament va uning palatalari faoliyati, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston ekologik harakati, fraksiyalar va qo‘mitalarning ish uslublari, xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan hamkorlik bo‘yicha do‘stlik guruhlari haqidagi axborot havola etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyati, norma ijodkorligi sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirildi.
Uchrashuv chog‘ida qayd etilganidek, bugungi kunda terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, narkotiklarning noqonuniy aylanishi kabi global muammolarning oldini olish, ularga qarshi kurashishni muayyan davlat yo xalqaro tashkilotning o‘zi yakka holda uddalay olmaydi. Bu kabi transmilliy muammolarga qarshi hamkorlikda kurashish, kuchlarni birlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Shu ma'noda, uchrashuv qatnashchilari O‘zbekiston tomonining xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega muhim masalalar bo‘yicha pozitsiyasi bilan qiziqdi. O‘z navbatida, YeXHT tizimidagi hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.
Uchrashuvda tomonlar shu paytga qadar O‘zbekiston va YeXHT, xususan uning Parlament assambleyasi o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yaqin istiqboldagi ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha fikr almashdilar.
Mavzuga oid
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
18:07 / 16.10.2024