Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida 9 iyun kuni «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi va qabul qilindi.
Qonun loyihasida qonunçilik hujjatlarida foydalanilgan ayrim tuşunça va yuridik atamalarni yagona şaklda qöllaş va ularning yuridik-texnik jihatdan töğri bayon etilişini ta’minlaşni nazarda tutuvçi özgartirişlarni kiritiş taklif etildi.
Xususan, «avans» sözini «bönak», «markirovka»ni «tamğalaş», «marşrut»ni «yönaliş», «svetofor»ni «yölçiroq», «kovorking»ni «iş markazi», «parol»ni «öron», «progressiv» sözini esa «ilğor» deb özgartiriş nazarda tutilmoqda.
Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinişi qonun hujjatlaridagi tuşunça va yuridik atamalarning qöllanilişidagi noaniqliklarni bartaraf etişga, ularni birxillaştirişga xizmat qiladi.
Muhokamalardan söng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.












