Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday transport vositalari DYHXXda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi?
O‘zbekistonda ba'zi transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Ular:
yopiq joylarda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan umumiy yo‘llarda foydalanishga mo‘ljallanmagan texnologik transport vositalari (traktor, traktor tirkamalari, qurilish-yo‘l va meliorativ texnikasi, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinalari);
faqat konlarda, shaxta va karerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari;
tramvay va trolleybuslar;
Mudofaa Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan harbiy transport vositalari.
Ushbu transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:55
Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi
11:05 / 16.06.2026
Mijozlar bilan eng yomon ishlayotgan banklar ro‘yxati e’lon qilib boriladi
19:25 / 29.04.2026
Avtomobilni jarima maydonidan olib chiqish bo‘yicha elektron murojaat qilish tartibi belgilandi
20:20 / 15.11.2025