Markaziy bank mijozlarning şikoyatlari asosida eng yomon işlayotgan banklar röyxatini e’lon qilib boradi. Bu haqda 13 iyun kungi Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida regulyator rahbari Timur Işmetov ma’lum qildi.

«Biz birinçi marta banklarning fuqarolar murojaatlari bilan işlaş böyiça indeksini işlab çiqdik. Kelasi hafta eng yomon körsatkiçlarga ega banklarni e’lon qilişni boşlaymiz», — dedi MB raisi.

Timur Işmetovning sözlariga köra, bir oydan keyin Markaziy bank özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida fuqarolarning bank xizmatlari böyiça murojaatlari uçun ikkita kanal oçadi. Bunda fuqarolar murojaat bilan çiqişi mumkin böladi, banklar esa bir soat içida javob berişi va masalalarni hal qilişi kerak.

Regulyator rahbari Markaziy bankning özida ham kommunikatsiya borasida muammolar bölganligini tan olgan holda, ötgan oyda koll-markaz yangilanib, aloqa markaziga aylantirilgani va hozirda test rejimida işlayotganini aytib ötdi.

«Şuning hisobiga bizda murojaatlar soni olti baravar oşdi. Avvallari bizga ham yetarliça qönğiroq qila olmagan odamlar. Buni hozir sinovdan ötkazyapmiz, bir-ikki oydan keyin e’lon qilib, işlaşni kengaytiramiz», — dedi Işmetov.