Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markaziy vokzalida sayyohlik agentliklari uchun maxsus chiptaxona ishga tushdi
Sentyabr oyidan boshlab "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ tomonidan turizm sohasini rivojlantirish maqsadida Toshkent markaziy vokzalida Sayyohlik agentliklari uchun pul o‘tkazmalari orqali chipta xarid qilishga xizmat qiluvchi maxsus chiptaxona tashkil etildi. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Maxsus chiptaxona turistik agentliklariga hujjatlarni rasmiylashtirish, chiptalarni xarid qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Mazkur kassada:
- har bir sayyohlik agentliklari bilan shartnomalarni chiptaxonaning o‘zida tuzish;
- hujjatlarni rasmiylashtirish, pul o‘tkazmalarini hisob-kitob qilish;.
- turistik agentliklar tomonidan buyurtmalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularni nazorat qilish;
- guruhli buyurtmalarga chiptalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Buning uchun maxsus xodimlar ajratilgan bo‘lib, ular yuqori darajada servis xizmati ko‘rsatish ishlarini olib borishadi.
Ish vaqti har kuni 12 soatni (08:00 dan 20:00 gacha) tashkil etadi. Uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026