O‘zbekiston | 13:08 / 27.09.2018
5556
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan transport vositalarining yagona elektron bazasi shakllantiriladi

Foto: interavto-saratov.ru

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Foydalanishga yaroqsizligi aniqlangan avtomototransport vositalarini utilizatsiya va qismlarini realizatsiya qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019 yil 1 yanvarga qadar shakllantiradi;

belgilangan muddatda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalarini boshqarganlik holatlarini “Ma'muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmini 2019 yil 1 iyunga qadar amaliyotga joriy etadi.

“O‘zmetkombinat” AJ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birga uch oy muddatda utilizatsiyaga topshiriladigan avtomototransport vositalarini hududlarda qabul qilish tartibi yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid