"Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonun qanday tovarlarning davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmasligi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunining amal qilishi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq davlat xaridlari strategik sub'yektlari amalga oshiradigan davlat xaridlariga, rivojlantirish davlat dasturlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni ro‘yobga chiqarishda amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno;
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta'minlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga, shuningdek, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridlariga;
favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga;
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, hukumatga qarashli bo‘lgan va hukumatga qarashli bo‘lmagan chet el tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el kreditlarini va chet el grantlarini taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bog‘liq davlat xaridlariga;
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qat'iy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Belgilanishicha, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi:
a) xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yo‘li bilan:
davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta'minlash va ichki tartibni saqlash uchun, shuningdek, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun;
b) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta'minlash uchun;
sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bog‘liq;
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qat'iy belgilangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlariga nisbatan amalga oshirilishi belgilandi.
Mavzuga oid
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024
Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi
14:21 / 02.10.2024