Jamiyat | 17:47 / 28.09.2018
30496
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

Foto: astrakhan-24.ru

Bugun, 28 sentabr kuni, R-216 Astraxan - Elista - Stavropol yo‘lining 87-kilometrida Qozog‘istonning 28 yoshli fuqarosi Toyota Highlander avtomobilini boshqarib, to‘satdan yo‘lning qatnov qismida paydo bo‘lgan qoramolni urib yuborgan. Bu haqda «Astraxan 24» telekanali xabar bermoqda.

Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, zarba natijasida mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Daewoo Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida ikkinchi mashina haydovchisi, Cherkesskda istiqomat qilgan 57 yoshli haydovchi, shuningdek, chap orqa o‘rindiqda bo‘lgan O‘zbekistonning 21 yoshli fuqarosi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Shu bilan birga, Daewoo Nexia’ning ikki yo‘lovchisi, 27 va 29 yoshdagi chet elliklar jarohat olmadi.

Ayni damda yo‘l-transport hodisasi yuzasidan protsessual tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid